Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng yaxshi xodimlarni taqdirladi

Xalq banki xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng yaxshi xodimlarni taqdirladi

Foto: Xalq banki matbuot xizmati

Bugungi kunda Aksiyadorlik tijorat Xalq bankida Vestern Yunion, Zolotaya Korona, Yunistrim va Kontakt xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Turkiyaning UPT, AQSh ning Money Gram va Rossiyaning Aziya Ekspress tizimlari joriy qilinmoqda. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Xalq banki tizimidagi mavjud barcha filiallarda aholiga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Birgina o‘tgan 2018-yilda bankda xalqaro o‘tkazmalar xajmi qariyb bir milliard AQSh dollarini tashkil qildi.

Yaqinda Xalq banki filiallarida 2018-yil davomida aholiga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng yaxshi xizmat ko‘rsatgan xodimlardan 9 nafari faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

«Eng ko‘p mijozga xizmat ko‘rsatgan xodim» nominatsiyasida g‘olib deb topilgan  Faridaxon Siddiqova Xalq bankining Andijon viloyati Qorasuv filialida 13 yildan buyon mijozlarga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib keladi. U o‘tgan yili 36 mingdan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatib, e’tirofga erishgan.

Foto: Xalq banki matbuot xizmati

Bankning Xorazm viloyati Xiva filiali xodimi Mansurbek Matyakubov o‘tgan yil davomida xalqaro pul o‘tkazmalari operatsiyalarini amalga oshirib, «Eng ko‘p daromad olgan filial xodimi» yo‘nalishida mukofotga loyiq topildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring