Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki Toshkentda yana ikkita bankomatni ishga tushirdi

Xalq banki Toshkentda yana ikkita bankomatni ishga tushirdi

Foto: Xalq banki matbuot xizmati

Hozirda Xalq bankining Toshkent shahridagi filiallarida milliy va xorijiy valyutalarni naqd ko‘rinishda yechish imkoniyatini beruvchi 18 ta bankomat o‘rnatilgan. E’tiborlisi, ushbu bankomatlarning 7 tasi 24/7 rejimida, ya’ni kunu tun mijozlarga xizmat kursatib kelmokda.

Bugun bankning Uchtepa filialida yana 2 ta zamonaviy «24/7 elektron ofis»lar qurib, foydalanishga topshirildi. Ularning biri filial ma’muriy binosi qoshida, ikkinchisi esa O‘rikzor bozori hududida tashkil etildi. Bu haqda Xalq banki matbuot xizmati xabar berdi.

Endi ushbu elektron ofislar yordamida fuqarolarimiz  kommunal to‘lovlar, kreditlarni so‘ndirish, kartadan-kartaga o‘tkazmalar qilish, plastik kartadagi mablag‘larni cheklovlarsiz naqdlashtirish kabi 30dan ortiq turli xizmatlarilan haftasiga yetti kun, kechayu kunduz foydalanishlari mumkin.

Ma’lumot uchun aytish lozimki, Xalq banki Toshkent shahar filiali tomonidan joriy yil davomida yana 6 ta shunday kechayu kunduz ishlaydigan elektron ofislarni tashkil etish rejalashtirilgan.  

E’tiborlisi, ushbu ofislarini asosan aholi gavjum, bank filiallari yo‘q joylarga o‘rnatish rejalashtirilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring