Turkman gazi 3 yillik tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekistondan o‘tkaziladi
«O‘ztransgaz» AJ va «Gazprom Schweiz» AG o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida 2019-yil 15-apreldan boshlab, Turkmaniston tabiiy gazini O‘zbekiston hududi orqali transportirovka qilish jarayoni, 3 yillik tanaffusdan so‘ng, qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztransgaz» AJ matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi tabiiy gazini (shimoliy qismidan janubiy yo‘nalishi tomon) O‘zbekiston hududi orqali transportirovka qilish ishlari 2018-yil 16-dekabrdan boshlab yo‘lga qo‘yilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter