Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda valyuta ayirboshlaydigan birinchi bankomat ishga tushdi

Toshkentda valyuta ayirboshlaydigan birinchi bankomat ishga tushdi

Foto: «Gazeta.uz»

Yagona xalqaro protsessing markazi («GlobUz») va «Asia Alliance Bank» ATB 15 yanvar kuni valyuta ayirboshlash vazifasini bajaruvchi bankomatni ishga tushirdi. Bu haqda «Uzdaily» sayti xabar berdi.

Mazkur yangi xizmatni ko‘rsatuvchi bankomat fuqarolarga bank filiallariga bormasdan pul almashtirish imkonini beradi. Hozirda bankomat orqali naqd ko‘rinishdagi AQSh dollarini kurs bo‘yicha so‘mga almashtirish imkoniyati mavjud.

«GlobUz»ning ta’kidlashicha, valyuta ayirboshlashda limit belgilanmagan. Yaqin kunlarda bankomat orqali yevro hamda Rossiya rubli ham almashtirilishi mumkinligi rejalashtirilgan.

Bankomat Yashnobod tumani «Asia Alliance Bank» hududiga joylashtirilgan hamda kunbo‘yi ishlab turibdi. Bank tez kunlarda mazkur bankomatlarni ko‘paytirishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring