Toshkent shahri uchun 3,9 mln. dollarga elektrobuslar xarid qilinadi
BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida Toshkent shahri uchun elektrobuslar sotib olinadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ushbu loyihani BMT dasturi va Global ekologiya jamg‘armasining «Atmosferaga zararli moddalarni kam chiqaruvchi avtotransport vositalariga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish» dasturi doirasida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha Toshkent shahri misolida shahar jamoat transportida elektrotransportdan jadal ravishda foydalanishni joriy etish yo‘li bilan atrof - muhit sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu tajriba O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin.
Loyiha doirasida Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilish hamda pilot loyiha tariqasida shaharda yashil transport yo‘lagini joriy etish ko‘zda tutilgan. Olti yil muddatga mo‘ljallangan loyihaga donorlar BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan 3,9 mln. dollar mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter