Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston yo‘lovchi poyezdlarining O‘zbekiston hududidan o‘tishida 25 foiz chegirmalar taqdim etiladi

Tojikiston yo‘lovchi poyezdlarining O‘zbekiston hududidan o‘tishida 25 foiz chegirmalar taqdim etiladi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Kamolov «Roxi oxani Tojikiston» davlat unitar korxonasi rahbari Komil Mirzoali boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmatining telegram kanali xabar berdi.

Tojikiston Respublikasining aksariyat eksport va import tashuvlari O‘zbekiston xududi orqali amalga oshiriladi. Shu bois uchrashuvda asosiy e’tibor tranzit yuklari olib o‘tishda qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar yaratish bo‘yicha amalga oshirilish lozim bo‘lgan tadbirlarga qaratildi.

O‘zaro suhbat chog‘ida yuk va yo‘lovchi tashishni ko‘paytirish masalalari  ham atroflicha muhokama etildi. Olib borilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Tojikiston yo‘lovchi poyezdlarining O‘zbekiston hududidan o‘tishida 25 foiz chegirmalar taqdim etish, Termiz, Qarshi va Samarqand vokzallarida to‘xtab o‘tish, yo‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring