Tibbiyot mahsulotlari xom-ashyosi eksporti va sement importi yil oxiriga qadar cheklanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 23 aprelida qabul qilingan qarorga ko‘ra, 2020 yilning 1 may sanasidan 31 dekabrga qadar tibbiy mahsulotlar xom-ashyosi eksporti va sement importiga nisbatan vaqtincha cheklov qo‘yiladi.
Ushbu qaror koronavirus pandemiyasi sabab yurtimizdagi ko‘plab qurilish ob’yektlarida ish to‘xtab qolgani va sementga bo‘lgan talab tushib ketgani hamda mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.
Tibbiy mahsulotlar xom-ashyosi eksporti vaqtincha to‘xtatilishi esa ichki bozor talablarini barqaror ta’minlash bilan bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter