Tez yordam avtomobillari import bojidan ozod etildi
«Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha shart sharoitlar yaratish to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodi 8703221010, 8703231930, 8703241010, 8703311010, 8703321910, 8703331910) 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga import bojxona bojidan ozod qilindi.
Ushbu imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan mazkur qaror e’lon qilingunga qadar olib kirilgan «bojxona ombori» rejimida 6 oydan ko‘p turgan yangi tez tibbiy yordam avtomobillarining bojxona rasmiylashtiruvida ham qo‘llaniladi.
Avtomobillardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, imtiyoz berilishi munosabati bilan to‘lanmagan import bojxona boji summasi moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda Davlat budjetiga undirib olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter