Temir yo‘l sohasiga xususiy kapitalni jalb etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ko‘pchilikning 2019 yil 1 fevraldagi Prezident farmoniga binoan Transport vazirligi tashkil etilganganidan xabarimiz bor.
Biroq bu hozircha O‘zbekistonda transport-tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish, bu sohadagi mantiqsiz va foydasiz monopoliyani cheklashga olib kelmadi.
Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga, 2030 yilda esa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish evaziga 23 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud. Biroq tizimdagi eskicha yondoshuv ushbu imkoniyatlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymayapti.
Jahon bankining logistika reytingida O‘zbekiston 163 ta davlat orasida 99-o‘rinda bo‘lib, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishning soddaligi bo‘yicha 120-o‘rinda qayd etilgan. Bunday ko‘rsatkich bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi.
Optimal tarif siyosati yo‘qligi sabab tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati ham cheklanmoqda.
Prezident yig‘ilishda havo yo‘llaridagi kamchiliklarni bataraf etish bilan bir qatorda temir yo‘l tizimini tubdan isloh qilish, sohaga xususiy kapitalni keng jalb etishga alohida to‘xtalib o‘tibdi.
Biz uzoq vaqtdan buyon havo yo‘llarining monopoliyasi xizmat sifatining pastligi va narxlarning qimmatligiga sabab bo‘layotganligini ta’kidlash ortidan sohada qandaydir ijobiy o‘zgarishlar boshlanganini sezishni boshladik. Biroq temir yo‘lda jimlik edi.
Bugungi yig‘ilish natijasi temir yo‘l sohasida ham nihoyat monopoliyaning cheklanib, sifat ortishi va narx pasayishiga olib kelishiga umid bag‘ishlayapti.
Qanday jamiyat bo‘lmasin monopoliya turg‘unlik, monopoliya notenglik, monopoliya norozilikdir.
Rasul Kusherbayev
Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter