Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining moliyaviy yordam shakllari belgilandi
Hukumat qarori bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, Agentlik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, aholining keng tabaqalarini biznes bilan shug‘ullanishga jalb etish sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor – iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari boshchilik qiladi.
Qaror bilan, shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan Jamg‘arma tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam shakllari belgilab berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter