Statqo‘m: O‘zbekiston 729,1 mln. dollarlik mis mahsulotlarini eksport qildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2020-yilda qiymati 729,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 124,0 ming tonna mis mahsulotlarini eksport qildi.
2020-yil mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p mis mahsulotlari eksport qilgan davlatlar:
- Turkiya – 79,4 ming tonna
- Xitoy – 31,1 ming tonna
- Litva – 3,1 ming tonna
- Rossiya – 1,9 ming tonna
- Qozog‘iston – 1,5 ming tonna
- Qatar – 1,5 ming tonna
- Ozarbayjon – 1,4 ming tonna
- Gruziya – 1,1 ming tonna
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020-yilda 24 ta davlatga mis mahsulotlarini eksport qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter