Soliq tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan, Kurbanov Abdujalil Tuxtamurodovich Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.
Abdujalil Kurbanov 1974 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 1996 yilda Samarqand moliya kollejini, 2008 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. Hozirgi kunga qadar Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Shu bilan birga, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich tayinlandi.
A.Inagamov 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent soliq kollejini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Bunga qadar Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter