Sirdaryo viloyati hokimiga investitsiya bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi
Madirimov Daniyar Mamatsaliyevich Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Daniyar Madirimov 1979-yil 20- aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. Oilali 4 nafar farzandi bor.
Bunga qadar u 2019-yil 29-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika tarmoqlarida, geologiya va yengil sanoat sohalarida investitsiya siyosatini yuritish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter