Sirdaryoda g‘alla rejasi to‘liq bajarildi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida g‘alla rejasi qisqa muddat — 17 ish kunida muvaffaqiyatli bajarildi.
Viloyat bo‘yicha 85 ming gektar maydonda g‘alla hosili yetishtirildi, 178255 tonna sara don yetishtirilib, davlat shartnomaviy rejasi 100,2 foizga bajarildi. Hosildorlik o‘rtacha 58 sentnerni tashkil etdi.
Shuningdek, Sardoba, Xovos va Boyovut tumanlari ham viloyatda birinchilardan bo‘lib shartnomaviy rejalarini bajardilar.
O‘rim-yig‘im ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter