Sardor Umurzoqov Bosh vazirning o‘rinbosari bo‘ladi
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ish boshlashi kutilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy munosabatlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Sardor Umurzoqov nomzodini ko‘rib chiqildi va uni bu lavozimga tayinlash haqida qaror qabul qilindi.
Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter