Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qozog‘istonga pul o‘tkazishda uchinchi o‘rinda

O‘zbekiston Qozog‘istonga pul o‘tkazishda uchinchi o‘rinda

Foto: «Kapital.kz»

Pul o‘tkazish tizimlari orqali Qozog‘istonga 2019-yil yanvar—may oylarida 145,8 mlrd. tenge ($379 mln.) pul kelib tushdi. Bu haqda «Ranking.kz» mamlakat Milliy banki ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Shu besh oyda Rossiyadan 61,9 mlrd. tenge ($161 mln.), Janubiy Koreyadan 26,2 mlrd. tenge ($68,1 mln.) mablag‘ Qozog‘istonga o‘tkazilgan.

Qozog‘istonga pul o‘tkazilayotgan mamlakatlar orasida O‘zbekiston uchinchi o‘rinda — 12,8 mlrd. tenge ($33,3 mln.). Qo‘shni davlatga pul o‘tkazmalarida O‘zbekistonning ulushi 8,7 foizni tashkil etdi. 2018-yilning ilk besh oyida bu ko‘rsatkich 6,8 foizga teng edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring