Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi farmoni mazmuni e’lon qilindi

Prezidentning yangi farmoni mazmuni e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (PF–162-son, 28.06.2022 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 iyuldan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish ob’yektlariga va ushbu ob’yektlar bilan band yerlarga mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibi bekor qilindi.

2023 yil 1 martgacha:

- hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar)ga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima solinmaydi;

- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondiga oid operatsiyalarni «Ye-aktiv» tizimida aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

2022 yil 1 iyuldan:

- majburiy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi deb e’tirof etiladigan tadbirkorlarga QQS bo‘yicha guvohnoma avtomatik ravishda beriladi;

- soliq xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarning QQS bo‘yicha guvohnomasining amal qilishi bu haqida soliq organlari tomonidan 5 ish kuni oldin xabarnoma yuborilgandan so‘ng hamda mazkur muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda to‘xtatib turiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring