Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning soliqqa oid yangi farmoni qabul qilindi

Prezidentning soliqqa oid yangi farmoni qabul qilindi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning «Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra:

- foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha:
- mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
- soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi;

- 2022-yil 1-iyuldan mazkur farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq summalari kelgusi to‘lovlar hisobiga belgilangan tartibda tegishli ob’yekt mulkdorlariga qaytariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring