Prezident qarori bilan Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha bitimlar tasdiqlanadi
Prezident qarori bilan (PQ–4376-son, 2019-yil 29-iyun) O‘zbekiston Respublikasi va «Gazprom EP Interneshnl B.V.» (Niderlandiya) o‘rtasida Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha imzolangan mahsulot taqsimotiga oid Bitim va 1-son Qo‘shimcha bitim tasdiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Bitimda qonunchilikda belgilangan me’yorlardan tashqari quyidagi kabi shartlar nazarda tutilgan:
- kompensatsiya mahsulotining cheklangan darajasi 75%;
- foyda solig‘ining stavkasi 12%;
- investorning qoplanishi shart bo‘lgan harajatlarining qoplanmagan qismi uchun yillik moliyalashtirish stavkasi 8%;
- investor tomonidan o‘z huquq va majburiyatlarini uning «Gazprom zarubejneftgaz» AJ sho‘’ba kompaniyasiga topshirish imkoniyati;
- Bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga o‘tkazish v.h.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- Bitimda ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi Bitimning butun amal qilish davrida o‘z kuchini saqlab qoladi;
- investorga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar operatorga ham tatbiq etiladi;
- «O‘zbekneftgaz» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bitimning amal qilish davrida investorga foydalanishga beriladigan mol-mulklar uchun mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
- Bitim imzolangan keyin O‘zbekiston qonunchiligiga bitim shartlarini yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda bitim shartlari o‘z kuchida qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter