Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident issiqxonachilarga yengillik beruvchi qarorni imzoladi

Prezident issiqxonachilarga yengillik beruvchi qarorni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Unga ko‘ra, endilikda issiqxona xo‘jaliklari tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagani uchun 6 oy davomida qo‘shimcha penya to‘lamaydi.

Qarorda keltirilishicha, ushbu tartib, istisno tariqasida, 2022-yil 1-oktyabrdan 2023-yil 1-aprelgacha amal qiladi.

Bundan tashqari, issiqxona xo‘jaliklari tijorat banklaridan olgan kredit va ularning foizlarini mahsulot pishib-yetilgan davrda to‘lab berishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring