Prezident elektr energiya ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida davlat rahbari elektr energiyasi bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratdi.
— Oxirgi 15 yilda qish bunchalik og‘ir bo‘lmagan edi. Ikki yarim oydan beri ob-havo minusda bo‘lib turibdi.
O‘ttiz yildan buyon elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlaganimizda bunchalik qiynalmagan bo‘lardik. Hozir bir qator loyihalar boshlaganmiz. Sirdaryo viloyatida investorlar tomonidan 2,5 milliard dollarlik IES qurilishi boshlangan. Yana Buxoro va Navoiyda ham muqobil energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, — dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida qurilayotgan issiqlik elektr stansiyasida 1,5 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Ikki barobar tejamkor hisoblanadigan ushbu IES O‘zbekistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 15 foizini ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter