Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Global pandemiya sharoitida eksportga ixtisoslashgan korxonalar qo‘llab-quvvatlanadi

Global pandemiya sharoitida eksportga ixtisoslashgan korxonalar qo‘llab-quvvatlanadi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» AJning Rossiya Federatsiyasidagi sho‘’ba korxonasi bo‘lgan – Aziya-Invest Bank (AJ) O‘zbekiston Respublikasi eksport salohiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan va O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmini oshirish bo‘yicha tizimli strategiyani davom ettirmoqda.

Aziya-Invest Bank tomonidan mahalliy kompaniyalarga kuchli raqobat sharoitida o‘z faoliyatlarini dadil kengaytirish va tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallash bo‘yicha moliyaviy dasturlar ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tekstil, sabzavotchilik, teri-poyabzal sohalari katta eksport salohiyatiga ega va ulardan samarali foydalanish mamlakat eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Ayniqsa hozirgi global pandemiya davrida mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi juda muhim. Aziya-Invest Bank tomonidan may oyida mahsulotlari Rossiya bozorlarida yuqori talabga ega eksport tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Uzcotton» MChJ uchun hajmi 2 mln dollar bo‘lgan kredit liniyasi ochildi. Bundan maqsad O‘zbekistondan trikotaj va tayyor tekstil mahsulotlari yetkazib berish uchun haq to‘lash va Rossiyaning yirik savdo tarmoqlarida sotuvni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

«Uzcotton» MChJning O‘zbekistondagi hamkori O‘zbekiston tekstil mahsulotlarini MDH davlatlariga eksport qiluvchi Baht-Group yirik kompaniyalar guruhi vakillaridir.

«Uzcotton» MChJ direktori B.T.Ismoilov bu borada shunday deydi:

— Aziya-Invest Bankning tezkor harakatlari tufayli pandemiya sharoitida kompaniyamiz qisqa muddatda moliyalashtirildi va PAO Sberbank (xodimlar uchun maxsus forma) va Fix Price do‘konlar tarmog‘i (Rossiyaning 74 hududida faoliyat yuritadi) tenderlarini yutib olishga muvaffaq bo‘ldik.

Barcha hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng bir hafta muddat ichida bank tomonidan moliyalashtirish ochildi. Ta’kidlash joiz, Aziya-Invest Bankning Rossiyaning boshqa banklaridan farqli jihati tezkorligi, bozor va tarmoqning o‘ziga xos jihatlarini yaxshi bilishi va biz uchun ona tili bo‘lgan o‘zbek tilida muloqot qilish imkoniyatining mavjudligidir.

Bank mulkchilik shaklidan qat’i nazar, shu jumladan yakka tadbirkorlarga ham o‘z ko‘magini beradi. Misol uchun iyun oyi boshida «Abdullayev N.A.» XKga O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilish va SPAR chakana savdo tarmog‘iga yetkazib berish uchun moliyalashtirish yo‘lga qo‘yildi (SPAR – oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi jahondagi yirik chakana savdo tarmog‘i. 4 qit’aning 48 davlatida 13 112 ta do‘konlarga ega. 2018 yil oxirida Rossiyada SPAR brendi ostida faoliyat yurituvchi do‘konlar soni 534 taga yetgan).

«Abdullayev N.A.» XK vakili mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi: «Aziya-Invest Bankning moliyalashtirish shartlari nafaqat o‘ziga jalb qiluvchi va foydali, balki Rossiya bank xizmatlari bozorida raqobatbardosh hamdir. Shuningdek bank xodimlari har ikki davlat qonunchiligidan boxabar ekanliklari kredit olish uchun hujjatlar tayyorlash jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va osonlashtiradi. Men O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiman, bir necha yilki Rossiyada faoliyat yuritaman. Tadbirkorlarga Aziya-Invest Bank bilan ishlashni tavsiya qilaman, chunki mening bu bank bilan ishlash tajribam uni Rossiya bank xizmatlari bozoridagi eng yaqin hamkorimga aylantirdi».

Ayni paytda bank tomonidan O‘zbekistondan umumiy hajmi 2 mln dollar bo‘lgan tekstil va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga oid arizalar portfeli shakllantirilgan. Bundan tashqari 2020 yilda tekstil tarmog‘idagi 1,7 mln dollarlik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi 2,5 mln dollardan ortiq loyihalar moliyalashtirib bo‘lingan.

Iyun oyida bank o‘zbek mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash uchun tajriba loyiha – «faktoring» loyihasini ishga tushiradi.

Rossiya-O‘zbekiston tovar ayriboshlashini rivojlantirish bo‘yicha o‘z strategiyasi doirasida Aziya-Invest Bank O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi savdo hamkorlarining iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishda hamda yetakchi bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, amaldagilari hajmini oshirishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring