Pensiya jamg‘armasiga yangi ijrochi direktor tayinlandi
Hukumat qaroriga asosan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashkari Pensiya jamg‘armasiga yangi ijro etuvchi direktor tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Yorqin Ergashevich Tursunov jamg‘armaning ijro etuvchi direktori vazifasini bajaradi. U ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter