Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxta keskin qimmatlashdi

Paxta keskin qimmatlashdi

Foto: Coats

Jahon bozorida paxtaning narxi keskin oshib ketdi. Bu haqda Bloomberg yozdi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, jahon bozoriga paxta eksport qilishda AQSh — birinchi (33 foiz), Braziliya — ikkinchi (17 foiz) o‘rinda turadi. Amerikada paxta tolasini ishlab chiqarish bu mavsumda 28 foizga kamaydi — 2009-2010-yillar mavsumidagi minimum takrorlanishga yaqin.

Jahonning ikkinchi paxta eksportchisi Braziliyada ahvol bundan ham og‘ir — hosil 30 foiz kam olinishi kutilmoqda. Braziliyalik paxtakorlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qurg‘oqchilik sababli mo‘ljaldagidan 200 ming tonna kam paxta olinadi. Mamlakatdagi asosiy paxta yetishtiruvchilardan biri Bom Futuro guruhi (mamlakatdagi paxtaning taxminan 10 foizini yetishtiradi) o‘z ekin maydonlarida hosildorlik bu mavsumda 27 foizga kamayganini ma’lum qildi.

Paxta kamhosilligi va buning oqibatida ishlab chiqarishning qisqarishi futbolkalar, bolalar kiyimlari, qog‘oz, karton va boshqa mahsulotlar narxi oshishiga olib kelishi mumkin. Amerika kiyimlar reteyleri — Children’s Place bosh direktori Jeyn Elfers sarmoyadorlar bilan uchrashuvda paxta bo‘yicha yuzaga kelgan vaziyat «biz uchun ulkan muammo», deya ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring