Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank xalqaro kapital bozoridagi ishtirokini mustahkamlamoqda

O‘zmilliybank xalqaro kapital bozoridagi ishtirokini mustahkamlamoqda

Joriy yilning 5-7 iyun kunlari «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ delegatsiyasi Xitoy yuanida obligatsiyalar chiqarishni o‘rganish bo‘yicha Osiyo va Yevropaning yetakchi sarmoyadorlari bilan «Non-Deal Road Show» tadbirini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Sarmoyadorlar bilan uchrashuv Agricultural Bank of China, JP Morgan, Standard Chartered Bank, Haitong International Securities Group Limited kabi yirik xorijiy banklar va investitsiya vositachilari tomonidan tashkil etildi. Moliya institutlari bilan muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik O‘zmilliybankning xalqaro investitsiya hamjamiyati orasida yuksak ishonchga sazovor ekanini ko‘rsatadi.

«Non-Deal Road Show» doirasida O‘zmilliybank delegatsiyasi «Invesco», «L&R Capital», «Gaoteng», «Nexus», «Guotai Junan Securities», «Erste Bank Treasury», «BNP Paribas Asset Management Asia Ltd», «Fuh-hwa Securities Inv Trust Co Ltd», «Bank Invest Asset Management – Den», «HPS Investment Partners», «China Investment Corporation», «Bohai Bank HK Branch», «Guolian Securities», «Aberdeen Asset Management», «Haitong Asset Management» va «Haitong Private Wealth Management» kabi yirik investitsiya kompaniyalari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Milliy bank va uning yurtimiz bank sohasidagi barqaror o‘rni, Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi, amalga oshirayotgan investitsiya loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat.

Xorijiy investorlar va banklar bilan uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish hamda Xitoy yuanida obligatsiyalar chiqarish xalqaro qarz bozorining o‘zgaruvchanligi sharoitida istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi hamda O‘zbekiston Respublikasining bo‘lajak emitentlari uchun benchmark yaratadi.

«O‘zmilliybank» AJ

Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring