O‘zmilliybank va «VEB.RF» o‘rtasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi
2021 yil 2-5-iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XXIV Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi (PXIF-2021) O‘zmilliybank delegatsiyasining ishtiroki doirasida 4 iyun kuni «VEB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasi rahbariyati - rais o‘rinbosari, boshqaruv a’zosi D.V.Algulyan bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Kun tartibida joriy o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi, yangi o‘sish nuqtalari va 2021 yilga birgalikda moliyalashtirish uchun istiqbolli loyihalar belgilandi. Natijada, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Demixov mashinasozlik zavodi" OAJ va «Metrovagonmash» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan 7ta elektropoyezd va 2ta relsli avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha yangi loyihani birgalikda moliyalashtirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
Loyihaning qiymati 4,8 mlrd. rublga baholandi, moliyalashtirish Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligining amaldagi Rossiya eksportini subsidiyalash dasturi doirasida amalga oshiriladi.
Rublda moliyalashtirishni jalb qilish ShHT hududida milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish masalasiga birgalikda yondashish to‘g‘risidagi «VEB.RF» tashabbusini amalga oshirishning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Mazkur loyihani moliyalashtirishga «Rossiya eksport markazi» AJning («Roseksimbank» AJ va «EKSAR» AJ) tuzilmaviy bo‘linmalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda, bu esa eksport shartnomalarining 100% qiymatini moliyalashtirish imkonini beradi.
Poyezdlarni yetkazib berish aholiga qo‘shimcha qulayliklarni yaratadi, mamlakat transport infratuzilmasini rivojlanishiga xizmat qiladi, respublikaning yaqin mintaqalari, jumladan, Toshkent, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi o‘rtasida uzluksiz va doimiy temir yo‘l qatnovlarini ta’minlaydi, shuningdek, yangi ishchi o‘rinlarini yaratadi.
Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi dasturi bo‘yicha «VEB.RF» O‘zmilliybankning moliyalashtirishni imtiyozli subsidiyalash doirasidagi asosiy hamkori hisoblanadi. Uchrashuv paytida o‘tgan yil yuqori natijalar berganligiga alohida urg‘u berildi, unda Rossiyada ishlab chiqarilgan beshta zamonaviy magistral elektrovoz va yo‘l-kommunal texnikasini yetkazib berishni nazarda tutadigan loyihalar doirasida tegishli ravishda 14,2 mln.yevro va 5.65 mlrd. Rossiya rubli summasiga bir qator qarz shartnomalari tuzildi. Alohida e’tibor «Roseksimbank» AJ ishtirokida Rossiya rublida birinchi imtiyozli kredit liniyasini ochishga qaratilgan. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik doirasida o‘tgan yillarda gidroenergetika, issiqlik energetikasi, transport va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasida umumiy qiymati 206 mln. yevro bo‘lgan 5tadan loyiha moliyalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: VEB.RF - rivojlantirish bo‘yicha milliy bank. U davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi. Tijorat banklari bilan hamkorlikda infratuzilma, sanoat, ijtimoiy sohani rivojlantirishga, texnologik salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan ulkan loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Roseksimbank - ixtisoslashtirilgan davlat banki, uning asosiy maqsadi bo‘lib Rossiya eksportchi-kompaniyalari uchun moliyaviy resurslarning erishimliligini ta’minlash va Rossiya noxom-ashyo eksportini o‘sishiga ko‘maklashish hisoblanadi. RF Hukumatining agenti sifatida bank Rossiya eksportini kafolatli qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini olib borish, eksportchilarga ularning sanoat mahsulotlarini ilgari surishda ko‘maklashish, ularga uzoq muddatli kreditlar va boshqalardan foydalanish imkoniyatini berish uchun javob beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter