«O‘zmilliybank» AJ tomonidan Toshkent shahriga press-tur tashkil etildi
«O‘zmilliybank» AJ tashabbusiga ko‘ra Toshkent shahridagi tadbirkorlik sohasi rivoji bilan tanishish maqsadida, joriy yilning 27 sentyabr sanasida OAV vakillari uchun Press-tur tashkil etildi.
Ta’kidlash lozim, Bektemir tumanida to‘qimachilik, tekstil mahsulotlari, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish sohasi ham asosiy drayverga aylanib ulgurdi.
Bugungi kunning iqtisodiy ko‘rsatkichlarida xizmatlar sohasining ulushi jadal sur’atlar bilan oshib bormoqda. 2021 yilda tumanda xizmat ko‘rsatish hajmi 2,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bugun tumanda 120 dan ziyod korxona aynan servis sohasida faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, hududda yana 100 tadan ziyod xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga ehtiyoj mavjud.
Joriy 2022 yilning 1-yarim yillik yakuni xizmat ko‘rsatish xajmi 4 trln. 668 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 129,9 foizga yetgan hamda 19,1 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Yil boshidan yangi tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish korxonalari soni 3470 tani tashkil etadi. Joriy 2022 yilda viloyatda xizmat ko‘rsatish xajmini 23,1 trln.so‘mga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda 64,0 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.
Jumladan, yuqoridagi raqamlarning yaqqol misoli sifatida press-tur ishtirokchilari tanishgan «GOLD BRICKS», «SABNUR HOLDING», «TASHKENT HOTELS», «UROLOGIC COMPLEX» kabi korxonalar bo‘ldi. Mazkur korxonalar xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritadi va «O‘zmilliybank» AJ bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Bankning Bektemir filiali faoliyati bilan tanishgan press-tur ishtirokchilarining navbatdagi manzili «GOLD BRICKS» MChJ bo‘ldi. Mazkur korxona dekorativ, standart jami 18 turdagi g‘isht ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Loyihaning umumiy qiymati 3 million 900 ming AQSh dollari, Bank tomonidan ajratilgan mablag‘ 2 million 550 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Bu yerda 60 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlangan.
Navbatdagi manzil «TASHKENT HOTELS» MChJ bo‘ldi. Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard 200 million so‘m bo‘lib, Bank tomonidan mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish va ko‘lamini kengaytirishga noturar joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘ 1 milliard 500 million so‘mni tashkil etadi. Mehmonxonada 10 dan ortiq fuqaro ish bilan ta’minlangan.
Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari «SABNUR HOLDING» MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bu yerda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida lavhalar tayyorlandi.
Navbatdagi manzil «UROLOGIC COMPLEX» MChJ bo‘ldi. Korxonaga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, urologiya, onkurologiya, jarrohlik va ginekologiya yo‘nalishlarida jarrohlik aralashuvlar ko‘lamini oshirish, yangi ambulator-statsionar tibbiyot punktini jihozlash uchun 1 milliard 950 million so‘m miqdorida kredit ajratildi.
Loyihaning umumiy qiymati 5 milliard so‘m bo‘lib, yangi ambulatoriya vrachlik punkti ishga tushishi munosababti bilan yana 20 kishi ish bilan ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter