Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zkimyosanoat»ning 12 ta aktivi auksionga qo‘yiladi

«O‘zkimyosanoat»ning 12 ta aktivi auksionga qo‘yiladi

Foto:«Spot.uz»

«O‘zkimyosanoat» AJ tarkibidagi tashkilotlarning aktivlaridan samarali foydalanish hamda moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli bo‘lgan bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan va tarmoqning asosiy faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida:

- ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar (ko‘chmas mulk ob’yektlari) ro‘yxati;

- davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans qiymatida beriladigan aktivlarning ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ommaviy savdolarda sotiladigan 12 ta, davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida beriladigan 3 ta aktiv belgilandi.

Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar «E-IJRO AUKSION»da boshlang‘ich narxi ularning balans va (yoki) nominal qiymatida, agar balans qiymati «nol»ga teng bo‘lgan taqdirda, shartli «1 so‘m» etib belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans qiymatida beriladigan aktivlar bo‘yicha har qanday harajatlarning kimyo korxonalari tomonidan amalga oshirilishi man etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring