«O‘zkimyosanoat» Indoneziya delegatsiyasi bilan samarali muzokara o‘tkazdi
Bugun «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatida Indoneziya Respublikasi Parlamentining Vakillar palatasi spikeri o‘rinbosari R.Gobel boshchiligidagi delegatsiya hamda «O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyati va mas’ul hodimlari ishtirokida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
«O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan O‘zbekiston va Indoneziya Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganligi, jumladan, 2020 yilda Indoneziya Respublikasiga 90 ming tonna kaliy mineral o‘g‘iti yetkazib berilganligi ta’kidlab o‘tildi. Shunindek, muzokaralar davomida, kimyo mahsulotlari eksporti, ya’ni karbamid, azot kislotasi, kaustik soda va boshqa turdagi kimyoviy mahsulotlarini yo‘lga qo‘yish hamda import bo‘yicha shina va konveyer lentalarini ishlab chiqarish uchun Indoneziyadan yiliga 5000 tonna tabiiy kauchuk mahsulotini sotib olishni taklif etib, keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Indoneziya Respublikasi Parlamentining Vakillar palatasi spikeri o‘rinbosari R.Gobel bugungi kunda Indoneziyada mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab yiliga 15 mln. tonnani tashkil etishi, shundan asosiy qismini murakkab turdagi mineral o‘g‘itlarga to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumot berdi.
Pupuk Kaltim kompaniyasi rahbari R.Pribadi ma’lumotiga ko‘ra, Pupuk Indonesia xolding kompaniyasining kaliy mineral o‘g‘itlariga yillik talabi 2,8 mln. tonna tashkil etadi. Shu sababli O‘zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
O‘z navbatida, «O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan kaliyli mineral o‘g‘itlarni Indoneziya Respublikasiga eksportini kelasi yillarda 100-200 ming tonnaga oshirishga tayyorligi ma’lum qilinib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni vositachi tashkilotlar orqali emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish taklif qilindi.
«Navoiyazot» AJda ishga tushirilgan yangi karbamid mahsuloti bugungi kunda Turkiya va Ukrainaga eksport qilinayotganligi, yaqin kelajakda 100-200 ming tonna karbamid mahsulotini Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlariga, jumladan, Indoneziya Respublikasiga eksport qilish imkoniyati borligi ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, «O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan O‘zbekistonda yiliga 1,0 mln. tonna paxta tolasi yetishtirilishini va qayta ishlash oshirilishi hamda aralashma matolar ishlab chiqarish uchun Indoneziya kompaniyalari bilan hamkorlikda poliester, viskoza va atsetat tolalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif etildi.
Uchrashuv davomida «Dehqonobod kaliy zavodi» AJni xususiylashtirish bo‘yicha IFC (Xalqaro moliya korparatsiyasi) bilan tayyorlanayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Ushbu jarayonda Indoneziya kompaniyalari, xususan Pupuk Indonesia xolding kompaniyasi ishtirok etib, kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini birgalikda oshirish hisobiga Indoneziya Respublikasiga kaliyli o‘g‘itlar eksporti hajmini oshirish taklif etildi.
Ikki tomonlama muzokaralar davomida quyidagi takliflar bildirildi:
Indoneziya Respublikasiga kaliyli o‘g‘itlar eksporti hajmini oshirish maqsadida «Dehqonobod kaliy zavodi» AJni Pupuk Indonesia xolding kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish bo‘yicha o‘rganishlar amalga oshirish;
«Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ ishlab chiqarish ehtiyoji uchun Indoneziya Respublikasida tabiiy kauchuk hom-ashyosini yetishtirib, uni qayta ishlab «off take» shartlari asosida O‘zbekiston Respublikasiga importni yo‘lga qo‘yish;
Indoneziya kompaniyalari bilan hamkorlikda poliester, viskoza va atsetat tolalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish.
Shuningdek, kimyo mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, o‘zaro savdo operatsiyalarini kengaytirish maqsadida Indoneziya Respublikasida «O‘zkimyosanoat» AJning rasmiy savdo uyini ochishni o‘rganib chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
«O‘zkimyosanoat» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter