Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz» va «Hududgazta’minot»ga boshqaruv raislari tayinlandi

«O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz» va «Hududgazta’minot»ga boshqaruv raislari tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergandik.

Qarorga ko‘ra, «O‘ztransgaz» AJni «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibidan chiqarish va «O‘zbekneftgaz» AJning «O‘ztransgaz» AJ ustav kapitalidagi ulushini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish tasdiqlandi.

«O‘ztransgaz» AJning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy filiallari negizida «Hududgazta’minot» AJni tashkil qilindi. Ushbu qaror yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi energentika vazirligida bir qator tayinlanishlar bo‘lib o‘tdi:

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi etib o‘z lavozimini saqlab qolgan holda Bahodir Bahromovich Sidiqov tayinlandi.

«O‘ztransgaz» AJ boshqaruvi raisi etib Ulug‘bek Xusanovich Sayidov tayinlandi. U ilgari «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

«Xududgazta’minot» AJ boshqaruvi raisi etib Bahodir Beshimovich Eshmurotov tayinlandi. U ilgari «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring