Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Fitch Ratings» agentligi xalqaro kredit reytingini «BB-» «barqaror» darajasida tasdiqladi

«O‘zbekneftgaz»: «Fitch Ratings» agentligi xalqaro kredit reytingini «BB-» «barqaror» darajasida tasdiqladi

2022-yilning 23-sentyabr kuni «Fitch Rating» xalqaro reyting agentligi «O‘zbekneftgaz» AJ kredit reytingi bo‘yicha o‘zining navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» AJ kredit reytingining bahosi BB- (barqaror) darajada tasdiqlandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev tashabbusi bilan 2021-yilning fevral oyida jamiyatning xalqaro kredit reytinglarini olish bo‘yicha tizimli ishlar boshlangan va buning natijasida o‘tgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida xalqaro reyting agentliklaridan reytinglar olingan edi.

«O‘zbekneftgaz» AJ kredit reytingi tasdiqlanishi munosabati bilan e’lon qilingan hisobotida «Fitch Ratings» agentligi «O‘zbekneftgaz» AJning davlat bilan mustahkam aloqalarini uning reytingini baholashning asosiy omillari sifatida ta’kidlagan.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, 2022-yilning 1-aprelida «Fitch Ratings» agentligi O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli kredit reytingini «barqaror» bashorati bilan «BB-» darajasida saqlanib qolganini tasdiqlagan edi.

Aytish kerakki, «O‘zbekneftgaz» AJ O‘zbekiston Respublikasidan suveren darajada xalqaro kredit reytingini olgan va saqlab kelayotgan birinchi kompaniya hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: «Fitch Ratings» - amerikalik korporatsiya, asosan reyting agentligi sifatida tanilgan. Xalqaro reyting agentliklarining «Katta uchlik» deb atalmish birligidan o‘rin olgan. Jahon kredit bozorlarini mustaqil va istiqbolli kredit reytinglari, tushunchalari va ma’lumotlari bilan ta’minlashga ixtisoslashgan.

Kredit reytingi - bu risk omillarini baholash asosida qarz oluvchining umumiy kredit to‘loviga layoqati yoki muayyan qarz majburiyatlari bo‘yicha qarz oluvchining kredit to‘loviga layoqatliligi haqidagi reyting agentligining fikri.

«BB-» darajasi kredit xavflari mavjud bo‘lishi mumkin ekani, biroq kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara olishini bildiradi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring