Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning YaIM hajmi va tarmoqlar ulushi ma’lum qilindi

O‘zbekistonning YaIM hajmi va tarmoqlar ulushi ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 408,3 trln. so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, iqtisodiyotning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi.

Jumladan, YaIM tarkibida sanoatning ulushi 29,3 % dan 28,5 % ga, xizmatlar sohasining ulushi 36,5 % dan 36,2 % ga kamaygan bo‘lsa, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 27,3 % dan 27,9 % ga, qurilish tarmog‘ining ulushi 6,9 % dan 7,4 % ga oshdi.

Avvalroq, hududlar miqyosida tashqi savdo aylanmasi haqida ma’lumot berilgandi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring