O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 43 mlrd dollarga yetgan
O‘zbekiston o‘tgan 8 oyda 188 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 42,7 mlrd AQSh dollariga yetkazgan.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisabatan 6,6 foizga ko‘proqni tashkil qiladi.
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,8 foiz), Rossiya (18,2 foiz), Qozog‘iston (6,2 foiz), Turkiya (4,6 foiz) va Koreya Respublikasi (3,1 foiz)da qayd etilgan.
Shundan:
- Eksport – 17,3 mlrd AQSh dollari;
- Import – 25,4 mlrd AQSh dollari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter