O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi qariyb $45 milliardga yetdi
![O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi qariyb $45 milliardga yetdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3801791248.jpg)
2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,7 mlrd AQSh dollaridan oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 foizga oshgan.
Bunda eksport 17,7 mlrd, import esa 27,0 mlrd AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
Hisobot davrida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida dastlabki «beshtalik»dan – Xitoy (9,5 mlrd dollar), Rossiya (7 mlrd dollar), Qozog‘iston (3,2 mlrd dollar), Turkiya (2,4 mlrd dollar) va Koreya (1,7 mlrd dollar) davlatlari joy olgan.
Shuningdek, bu borada yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar qatoriga – Turkmaniston (830,3 mln dollar), Germaniya (784,2 mln dollar) hamda Qirg‘iziston (754 mln dollar) kabi davlatlar ham kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter