O‘zbekistonliklar o‘tgan yili elektromobillar uchun qariyb 70 million dollar sarfladi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.
O‘zbekiston 2022-yilda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:
— Xitoy – 1 941 dona
— BAA – 111 dona
— Germaniya – 58 dona
— Gonkong – 42 dona
— Litva – 10 dona
— Koreya – 7 dona
Avvalroq Statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Toshkentga aholiga tegishli mashinalar soni yarim million oshgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter