Migrantlar to‘rt oyda O‘zbekistonga qancha pul jo‘natgani ochiqlandi
2022-yilning yanvar-aprel oylarida respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2,54 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Amalga oshirilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga oshgan (o‘tgan yilning shu davrida 1,99 mlrd. AQSh dollarni tashkil etgan).
Avvalroq, Markaziy bank tijorat banklarida valyuta sotib olish va sotish ko‘rsatkichi oshganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter