O‘zbekistonga 10 oy ichida 4,4 million sayyoh keldi
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan I xalqaro turizm investitsion forum oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga oid statistik ma’lumotlar ham taqdim etildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».
Ularga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida mamlakatimizga kelgan xorijlik mehmonlar soni 4,4 million nafarni tashkil etgan. 2017-yilda yurtimizga 2,2 million xorijlik tashrif buyurgan. Demak, raqamlar ikki baravarga ortgan.
O‘zbekistonda 18 mamlakat uchun viza rejimi, 50 mamlakatga kirish vizalarining soddalashtirilgan tartibi, 101 mamlakat uchun tranzit vizalari joriy qilingan.
Yurtimizga kelgan har bir sayyoh o‘rtacha hisobda 617 dollar pul sarflaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter