O‘zbekistonda yog‘ narxlarining tushishi kuzatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning may oyida paxta yog‘i narxlari aprel oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,3 foizga arzonlashgan.
Paxta yog‘i narxlari 2023-yil boshidan beri o‘rtacha 7,4 foizga arzonlashgani kuzatilgan.
2023-yilning may oyida o‘tgan oyga nisbatan:
O‘simlik yog‘lari narxlari - o‘rtacha 1,7 foizga arzonlashgan.
Kungaboqar moyi narxlari - o‘rtacha 2,1 foizga arzonlashgan.
Sariyog‘ narxlari - o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter