Shakar, yog‘, guruch: narxi «osmonga uchgan» mahsulotlar
Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil 8 iyun holatiga markaziy dehqon bozorlaridagi ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qilgan.
Unga ko‘ra, guruch 22 ming, o‘simlik yog‘i 28 ming so‘mgacha ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. Shakarning bozordagi narxi 16 ming so‘mgacha oshgan.
Ayni paytda shakarga nisbatan ajiotaj bozorlarda avj olgan. Chunki «banka» mavsumi bo‘lgani uchunmi, odamlar arzonlashtirilgan shakarga uzundan-uzun navbatlar hosil qilishgan.
Bozorlarda bugungacha arzon shakar narxi 10 ming so‘mdan sotilayotgan edi. Bugundan esa 12 ming so‘mgacha ko‘tarilgan. Boshqa do‘konlardagi narxlar 17 ming so‘m edi, hozir 20 mingdan tepada sotilmoqda.
Ko‘plab bozor va do‘konlarda esa shakar qolmagan. Shakar tanqisligi ham odamlarning ajiotajiga sabab bo‘lmoqda. Lekin shakar zavodlari bu mahsulot keragidan ortiq tarzda ishlab chiqarilganini aytgandi, ammo amalda bu narsa sezilmayapti.
Mahsulotlar narxlari:
- Suyakli mol go‘shti (1 kg.) — 45 000 – 73 000 so‘m;
- Qo‘y go‘shti (1 kg.) — 55 000 – 86000 so‘m;
- Kartoshka (1 kg.) — 2500 – 8000 so‘m;
- Piyoz (1 kg.) — 2000 – 6000 so‘m;
- Sabzi (1 kg.) — 1500 – 6000 so‘m;
- Tuxum (10 dona) — 7000 – 15 000 so‘m;
- Guruch (1 kg.) — 4500 – 22 000 so‘m;
- O‘simlik yog‘i (1 l.) — 15 500 – 28 000 so‘m;
- Shakar (1 kg.) — 9500 – 16 000 so‘m.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter