O‘zbekistonda «yashirin iqtisodiyot» salmog‘i qanday qisqartiriladi?
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasiga «yashirin iqtisodiyot» salmog‘ini iqtisodiy usullarni ishlatgan holda qisqartirish masalasi ham kiritilgan.
Qayd etilishicha, bu bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyiha bilan «yashirin iqtisodiyot» omillarini sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, uni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Dasturda:
- iqtisodiy faoliyatni legallashtirish yuzasidan normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish;
- import qilingan tovarlar hisobotlarining elektron tarzda shakllanishini ta’minlash;
- ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;
- elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
- naqd pulsiz hisob-kitobni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, shu jumladan ko‘chmas mulk ob’yektlari va avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boshqa yirik miqdordagi bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish;
- tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlariga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik;
- davlat organlari ishida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nazarda tutiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter