Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi davlat dasturi qabul qilinishi mumkin

O‘zbekistonda yangi davlat dasturi qabul qilinishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilanmoqda. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «AGROSERVISINFO» korxonasi Agrosanoat majmuida yagona integratsion platforma axborot tizimi yuritilishi uchun mas’ul tashkilot sifatida belgilanmoqda.

Shuningdek, 2021-2023-yillarda «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturiga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

  • Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvdan samarali foydalanish maqsadida smart texnologiyali loyihalarni amalga oshirish;
  • Agroklasterlar, fermer xo‘jaliklariga qulaylik yaratish maqsadida fermerlik, bog‘lar, issiqxona yo‘nalishlarida mobil ilova yaratish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish;
  • «Raqamli qishloq xo‘jaligi» axborot tizimini yaratish;
  • Robototexnika, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda bog‘dorchilik mahsulotlari yetishtirish jarayonlarini nazorat qilish tizimini joriy etish;
  • Inson ishtirokisiz chorva mollari turi, zotini avtomatik rejimda yetishtirishga mo‘ljallangan to‘liq robotlashtirilgan qishloq xo‘jaligi ob’yektini tashkil qilish va boshqalar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring