Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida 7,8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan — qo‘mita

O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida 7,8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan — qo‘mita

O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyida 7,8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,6 % ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. 

Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 47,2 %, Navoiy viloyati 35,5 % hamda Farg‘ona viloyati 11,8 % hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimiz 2020 yilning 9 oyida Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sement eksport qilingan.

O‘z navbatida yurtimizga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Eron, Rossiya va boshqa davlatlardan qiymati 87,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sement mahsuloti import qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring