O‘zbekistonda shakar zavodi quriladi
Belgiyaning «De Smet S.A. Engineers & Contractors» (DSEC) kompaniyasi O‘zbekistonda shakar zavodi qurish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov kompaniya bosh direktori Mark deAkoz bilan uchrashuvda shuni muhokama qilgan.
«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, zavod 500 tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Loyiha qiymati 110 mln. yevro, shundan 25 mln. yevroni o‘zbekistonliklar qoplaydi. Qolgan summani investor kiritadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter