O‘zbekistonda qancha oltin-valyuta zaxirasi bor? Bu haqda rasmiy ma’lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotni (2019 yil 1 oktyabr holatiga) oshkor qildi.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari | |||||||||
mln.AQSh dollarida | |||||||||
01.01.2019 | 01.04.2019 | 01.07.2019 | 01.10.2019 | ||||||
26 394,1 | 26 996,5 | 27 105,6 | 27 421,8 |
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter