O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 1,5 mln. so‘mdan oshdi
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish haqi ko‘rsatkichlarini umumlashtirish natijasida, 2018-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 548,3 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 20,1 foizga o‘sishni ta’minladi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2018-yil yanvar-mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ish haqi tahlili quyidagilarni ko‘rsatmoqda:
— ta’limda 20841 ta muassasada 982,5 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,6 %ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 3627,1 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 30,6 %ni) tashkil etgan. Ta’lim sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1230,6 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 14,8 %ga o‘sdi;
— sanoatda 631 ta korxonada 454,6 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 17,8 %ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 3157,9 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 26,7 %ni) tashkil etgan. Sanoat sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2315,7 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 27,5 %ga o‘sdi;
— sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 1441 ta muassasada 425,3 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 16,7 %ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 1311,3 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 11,1 %ni) tashkil etgan. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1027,8 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 14,3 %ga o‘sdi;
— tashish va saqlashda 204 ta korxonada 113,6 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 4,5 %ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 716,0 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 6,0 %ni) tashkil etgan. Tashish va saqlash sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2101,9 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 21,1 %ga o‘sdi;
— moliyaviy va sug‘urta faoliyatida 143 ta muassasada 67,7 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 2,7 %ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 563,2 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 4,8 %ni) tashkil etgan. Moliyaviy va sug‘urta faoliyati sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2774,8 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 28,6 %ga o‘sdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter