O‘zbekistonda mototsikl ishlab chiqaruvchi ikkita zavod quriladi
O‘zbekiston Xitoy va Hindiston davlatlarining yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda mototsikl ishlab chiqaruvchi ikkita zavod ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.
«Namangan viloyatida Xitoyning «Lifan» kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona ishga tushiriladi. Bu yerda skuter, mototsikl va uch g‘ildirakli yuk motorollerlar ishlab chiqariladi. Bu sanoatimiz uchun yangi yo‘nalishdir, oldin hech qachon bularni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaganmiz. Yil yakuniga qadar Norin mexanika zavodida bu ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda», - deb ta’kidladi «O‘zavtosanoat» rahbari Umidjon Salomov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston avvalgi xatolarni takrorlanmaslik va bu yo‘nalishda raqobatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ish olib boriladi. Shuning uchun «O‘zavtosanoat» tomonidan Hindistonning «Bajaj» kompaniyasi bilan yana bir bu kabi loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.
«Navoiy viloyatida yana bir Hindistonda yetakchi bo‘lgan - Bajaj kompaniyasi bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz. Mototsikl texnikasini ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda», - deb ma’lum qildi Salimov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yakunida «O‘zavtosanoat» va Janubiy Koreaning «DK Group» kompaniyasini bilan mototsikl va uch g‘ildirakli motoroller ishlab chiqarish bo‘yicha bitim imzolangan.
Ushbu mototsikl va motorollerlar uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashayotgan aholi ehtiyojlarini qondirishi kerak. Bunday texnika yordamida kichik hajmdagi yuklarni ham tashish mumkin bo‘ladi.
«Lifan» – Xitoyning yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. U texnika ishlab chiqarish, avtomobil, mototsikl va dvigatellarni sotish va eksport qilishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda o‘zining dilerlik markazlari orqali ish olib boradi, butun dunyo bo‘ylab ularning soni 10 mingdan oshadi. Lifan Motors 42 ta davlatda dilerlik markazlarini ochgan.
«Bajaj» — Hindistonda mototsikl va tijorat transportini ishlab chiqiruvchi kompaniya hisoblanadi. Ushbu kompaniya dunyoda ikki va uch g‘ildirakli transport vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Bu brend Lotin Amerika, Afrika, Yaqin Sharq, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yevropada keng tarqalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter