Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda AES ishga tushirilishi yiliga 3,7 mlrd kubometr tabiiy gazni tejaydi

O‘zbekistonda AES ishga tushirilishi yiliga 3,7 mlrd kubometr tabiiy gazni tejaydi

Foto: «Novoye Vremya»

O‘zbekistonda AESning ishga tushirilishi yiliga 3,7 mlrd. kubometr tabiiy gazni iqtisod qiladi, 14 mln. tonnagacha is gazi va 36 ming tonnagacha azot dioksidi chiqarilishi miqdorini kamaytirish imkonini beradi.

Bugun, 18-dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov «Rosatom» Davlat korporatsiyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Lokshin bilan uchrashuvda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalarini muhokama qilgan.

Taklif etilayotgan Rossiya texnologiyasi zilzila, sunami, bo‘ron, samolyot qulashidan himoyalash bo‘yicha barcha postfukusima xavfsizlik talablariga ham javob beradi. Bundan tashqari, energoblok qushhimoya qobig‘iga ega bo‘lib, bu uning ekspluatatsiyasi xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasini ta’minlaydi. Energoblokning xizmat ko‘rsatish muddati 60 yilni tashkil qiladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat hududida atom elektr stansiyasi qurilishida Rossiya bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni 2018-yil 13-oktyabr kuni tasdiqlagandi. Atom elektr stansiyasi Navoiy va Buxoro viloyatlari oralig‘idagi To‘dako‘l suv ombori yaqinida qurilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 2018-yil 19-oktyabr kuni O‘zbekiston-Rossiya hududlararo birinchi forumi doirasida O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan atom elektr stansiyasi loyihasiga start berish uchun ramziy tugmani bosishgandi.

AES Rossiyaning «Rosatom» agentligi bilan hamkorlikda quriladi. Uning birinchi navbati 2028 yilga kelib ishga tushirilishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring