O‘zbekiston xorijga televizor eksportini keskin oshirdi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilda xorijga qiymati 43,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 237,1 mingta televizor eksport qilgan.
Televizor eksporti 2021-yil bilan solishtirilganda qariyb 129,5 mingtaga oshgan.
O‘zbekiston 2022-yilda eng ko‘p televizor eksport qilingan davlatlar:
— Rossiya – 146,7 mingta
— Ozarbayjon – 47,8 mingta
— Qozog‘iston – 24,7 mingta
— Tojikiston – 6 mingta
— Armaniston – 3 mingta
— Qirg‘iz R. – 2,5 mingta
— Turkmaniston – 2,4 mingta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter