O‘zbekiston xorijdan tobora ko‘proq un import qilmoqda
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 28,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 92,6 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.
Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 91,2 ming tonna
- Rossiya – 1,3 ming tonna
- AQSh – 50 tonna
- Italiya – 12,4 tonna
- Fransiya – 1,8 tonna
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-mart oylarida Qozog‘istondan qiymati 201,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan bug‘doy import qilgan.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi oylarda O‘zbekistonda unning narxi yaxshigina ko‘tarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter