O‘zbekiston Xitoydan elektromobil sotib olishni keskin oshirdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 54,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1668 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1215 taga oshgan.
O‘zbekiston 2023-yilning mart oyida xorijiy davlatlardan 882 dona elektromobil import qilgan.
O‘zbekiston 3 oyda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 1444 ta
— Gonkong – 183 ta
— Germaniya – 27 ta
— Koreya – 6 ta
— BAA – 5 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter